Yaqin zapravkalardagi haqiqiy narx

Narxni, navbatni va yoqilgʻi bor-yoʻqligini zapravkada turgan haydovchilar yozadi. Har bir narx yonida u qachon yozilgani turadi.

App Storeʼda tez oradaQanday ishlashini koʻrish →

Bepul · Reklama yoʻq · Koʻrish va narx yozish uchun roʻyxatdan oʻtish shart emas

Android uchun — keyinroq

Sinov versiyasidanBak ilovasi: Toshkent xaritasida AI-92 narxlari (goldenpages.uz jadvalidan)Videoni koʻrishPauza

Koʻring, yozing, baholang

Uchta qisqa video — ilovaning sinov versiyasidan, brauzerda yozib olingan.

Sinov versiyasidanVideo: xaritada AI-92 tanlanadi, narx bosiladi, kartochka ochiladiVideoni koʻrishPauza

Xaritada narxni koʻring

Yoqilgʻingizni tanlang: AI-92, metan, propan yoki elektr. Narxi maʼlum zapravkalar ustida narx turadi; bossangiz, kartochkasi ochiladi.

Sinov versiyasidanVideo: xaritada AI-92 tanlanadi, narx bosiladi, kartochka ochiladiVideoni koʻrishPauza

Koʻrganingizni yozing

Zapravkada «Men shu yerdaman»ni bosing: 250 metr ichidagi zapravka ochiladi. Narx toʻgʻri boʻlsa — bitta bosish. Navbatni va nima borligini belgilang.

Sinov versiyasidanVideo: «Men shu yerdaman» → navbat «Kichik» → narx «Toʻgʻri» → «Yuborish»Videoni koʻrishPauza

Mashina qanday yurganini ayting

Silliq, odatdagidek yoki yomon — yulduzcha yoʻq. Kartochkada bitta bosish, yoki «Shu yerda quydim» desangiz, ertasi kuni ilova oʻzi soʻraydi.

Sinov versiyasidanVideo: «Silliq» bosiladi → «Rahmat! Bahoingiz qoʻshildi»Videoni koʻrishPauza

Videolar sinov versiyasidan: ilova App Storeʼga chiqqach, iPhoneʼda qayta yozib olinadi.

Har bir narx yonida — qachon yozilgani va manbasi

Zapravkani bossangiz, hammasi bitta kartochkada.

Sinov versiyasidanZapravka kartochkasi: AI-92 va AI-95 narxlari goldenpages.uz jadvalidan, yonida yozilgan vaqti
  • Narx va uning yoshi«hozirgina» yoki «… kun oldin». Haydovchilar yozgan narx 3 kundan, tarmoqlarning eʼlon qilingan narxi 14 kundan keyin kulrang boʻladi.
  • NavbatYoʻq, kichik, katta yoki juda katta. 90 daqiqadan keyin oʻchadi.
  • Bor yoki tugagan24 soat koʻrinadi.
  • Yoqilgʻi sifatiHar bir javob — «silliq», «odatdagidek» yoki «yomon» — necha marta berilgani. 5 ta bahodan kam boʻlsa — «Hali kam maʼlumot».
  • MetanNecha bar quyilgani — haydovchilar yozgan boʻlsa.
  • YoʻlYandex Xaritalarda yoki boshqa xarita ilovasida ochiladi.
  • Rasmiy shikoyatSifatsiz yoqilgʻi boʻyicha Oʻzenergoinspeksiya ishonch telefoni — 71 208-10-15.

Haydovchilardan haydovchilarga

Pul olinmaydi, reklama yoʻq. Maʼlumot halol qolishi uchun ilovada asosiy beshta qoida bor:

  • 2km

    Navbat va mavjudlik — faqat joyida

    Zapravkadan 2 km dan uzoqda yuborilgan navbat va «bor / tugagan» hisobga olinmaydi.

  • 90daqiqa

    Eski maʼlumot yangidek koʻrsatilmaydi

    Navbat 90 daqiqa, mavjudlik 24 soat koʻrinadi, keyin oʻchadi. Narx yonida doim uning yoshi turadi.

  • 5ta baho

    5 ta bahodan oldin xulosa yoʻq

    Sifat haqida faqat 5 va undan koʻp baho yigʻilgandan keyin yozamiz. Zapravkani ayblamaymiz — haydovchilar nima deganini koʻrsatamiz.

  • Imzo

    Baholar imzolanadi

    Yoqilgʻiga baho berish va zapravka qoʻshish uchun Apple orqali bir bosishda kirasiz — jamoa baholarga ishonishi uchun. Boshqa haydovchilar ismingizni yoki elektron pochtangizni koʻrmaydi.

  • 71 208-10-15

    Rasmiy shikoyat yoʻli

    Sifatsiz yoqilgʻi boʻyicha shikoyat — Oʻzenergoinspeksiyaga: 71 208-10-15. Ilova bu raqamni har bir yoqilgʻi va gaz zapravkasi kartochkasida koʻrsatadi.

Zapravkalar joylashuvi OpenStreetMapdan: 2 698 ta yoqilgʻi quyish va zaryadlash shoxobchasi (2026-yil 10-oktabr holatiga). Xaritada yoʻq zapravkani haydovchilar oʻzlari qoʻshadi.

Savollar

Bak pullikmi?

Yoʻq. Bak bepul va notijorat: reklama, obuna va pullik funksiya yoʻq.

Narxlar qayerdan olinadi?

Haydovchilardan: zapravkada koʻrgan narxini yozadi yoki bir bosishda tasdiqlaydi. Toshkentda goldenpages.uz jadvalidagi 11 ta tarmoqning zapravkalarida (2026-yil 29-sentabrdagi jadval boʻyicha 57 ta) haydovchilar narxi koʻrinmaguncha tarmoqning eʼlon qilingan narxi manbasi va sanasi bilan koʻrsatiladi. Toshkentning boshqa zapravkalarida, Toshkentdan tashqarida, shuningdek metan, propan va elektr narxlari haydovchilar yozgandan keyin paydo boʻladi. goldenpages.uz jadvalini ochish

Narx eskirgan boʻlsa-chi?

Har bir narx yonida u qachon yozilgani turadi. Haydovchilar yozgan narx 3 kundan, tarmoqlarning eʼlon qilingan narxi 14 kundan keyin kulrang boʻladi. Zapravkada turib toʻgʻri narxni yozsangiz, uni hamma koʻradi.

Roʻyxatdan oʻtish kerakmi?

Koʻrish hamda narx, navbat va bor-yoʻqligini yozish uchun — yoʻq. Yoqilgʻiga baho berish va yangi zapravka qoʻshish uchun Apple orqali bir bosishda kirasiz. Telefon raqami, parol yoki SMS kod soʻralmaydi.

Qaysi yoqilgʻilar bor?

AI-80, AI-91, AI-92, AI-92 import, AI-95, AI-98, AI-100, dizel, propan, metan, elektr AC va DC. Metan zapravkasida necha bar quyilganini, zaryadlash stansiyasida qanday ulagichlar borligini ham yozish mumkin.

Toshkentdan tashqarida ishlaydimi?

Ha, xaritada butun Oʻzbekistondagi zapravkalar bor. Toshkentdan tashqarida, shuningdek metan, propan va elektr narxlari haydovchilar yozgandan keyin paydo boʻladi.

Android uchun bormi?

Avval iPhone uchun chiqadi — App Storeʼda tez orada. Android versiyasi keyinroq.

Maʼlumotlarim nima boʻladi?

Hisobsiz yuborilgan narx, navbat va bor-yoʻqligi anonim ID bilan saqlanadi; hisobga kirsangiz — hisobingizga bogʻlangan ID bilan. Kim yozganini boshqa haydovchilar koʻrmaydi. Nima saqlanishi va qancha turishi — maxfiylik siyosatida. Maxfiylik siyosatini ochish

Xato yoki haqoratli nom koʻrsam-chi?

Zapravka kartochkasidagi «Muammoni bildirish» orqali xabar bering yoki yordam sahifasidagi manzilga yozing — zapravka nomi va shahrini qoʻshing. Yordam sahifasini ochish

App Storeʼga chiqqach, keyingi zapravkada sinab koʻring

App Storeʼda tez orada

Bepul · Reklama yoʻq · Koʻrish va narx yozish uchun roʻyxatdan oʻtish shart emas